O‘zbekiston qamoqxonalari xodimlariga Nelson Mandela qoidalari o‘rgatilmoqda

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston jazoni ijro etish muassasalari xodimlariga mahkumlar bilan insoniy munosabatda bo‘lish uchun Nelson Mandela qoidalarini qo‘llash o‘rgatilyapti. Buning uchun uch kunlik trening o‘tkazilmoqda, deb xabar berdi Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi.

Uch kunlik ushbu tadbir Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan YeXHTning O‘zbekistondagi Loyihalari muvofiqlashtiruvchisi va Daniyaning Qiynoqlarga qarshi kurash instituti bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Trening doirasida Nelson Mandela qoidalarining asosiy tamoyillari hamda ushbu qoidalarga kiritilgan o‘zgartirishlar, tegishli huquqbuzarliklarni aniqlash, mahkumlarni qiynoqlar va shafqatsiz muomaladan himoya qilish yuzasidan jazoni ijro etish muassasalari xodimlarining bilimini oshirish va ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, ular jazoni ijro etish muassasasida xavfsizlik va inson huquqlarini muvozanatlash borasida tushuncha va amaliy bilimga ega bo‘lishadi.

Amaliy treningda Milliy markaz direktori Akmal Saidov, YeXHTning Insoniylik mezoni bo‘yicha katta loyihasi xodimi Marte Langeland, xalqaro ekspertlar Kaliya Kambanella, Vadim Chovgan, Mari Brasxolt, O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti professor-o‘qituvchilari, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahridagi jazoni ijro etish muassasalari xodimlari ishtirok etmoqda.

Treningda jazoni ijro etish muassasalari xodimlarining:

•    jazoni ijro etish muassasasida xavfsizlik va inson huquqlarini muvozanatlash borasida tushuncha va amaliy bilimga ega bo‘lishi;
•    Nelson Mandela qoidalarining tarixi, ushbu qoidalarning inson huquqlari doirasidagi o‘rnini hamda ularning qamoqxonadagi milliy amaliyotga ta’sirini o‘rganish;
•    Nelson Mandela qoidalariga kiritilgan eng muhim o‘zgarishlar;
•    Nelson Mandela qoidalarining asosiy tamoyillari va asosiy qoidalari;
•    Nelson Mandela qoidalarini amalga oshirish, tegishli qonunbuzarliklarni aniqlash va mahbuslarni qiynoqlar va shafqatsiz muomalalardan himoya qilish kabi mavzular keng o‘rganilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

273

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing