O‘zbekiston Qahramoni Ahmad Narzullayev vafot etdi
Jamiyat
−
01 noyabr
8867O‘zbekiston Qahramoni, surxondaryolik ilg‘or fermer Ahmad Narzullayev 68 yoshida vafot etdi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Ahmad Narzullayev 1956 yil 15 martda Surxondaryo viloyatining Denov tumanida tug‘ilgan. 1979 yilda Toshkent politexnika institutini tamomlagan.
Ahmad Narzullayev boshchiligidagi “Lochin” fermer xo‘jaligi 2000 yilda Prezident sovrini uchun o‘tkazilgan “Tashabbus” ko‘rik-tanlovida faol ishtirok etgan. Shu yili “Lochin” fermer xo‘jaligi viloyat bosqichida dehqon, fermer va tadbirkorlar o‘rtasida 1-o‘rinni egallagan. Ushbu ko‘rik-tanlovning respublika bosqichida esa 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan. Ahmad Narzullayev esa ko‘rik-tanlovning “Saxovatli tadbirkor” laureatlik diplomi va esdalik sovg‘asi bilan taqdirlangan. “Tashabbus–2001” ko‘rik-tanlovida Ahmad Narzullayevga “Intizomli soliq to‘lovchi” laureatlik diplomi berilgan.
U 2001 yilda Mehnat shuhrati ordeni bilan taqdirlangan, shuningdek, 2003 yilda O‘zbekiston Qahramoni unvoni berilgan.
LiveBarchasi
Dollar kursi biroz pastladi.
04 dekabr