O‘zbekiston qahramoni Hasan Normurodov vafot etdi
Jamiyat
−
24 aprel 2021
8141O‘zbekiston Qahramoni, Oliy Majlis Senati a’zosi Hasan Normurodov 82 yoshida vafot etdi.
Hasan Normurodov uzoq yillar xalq ta’limi tizimida ishlagan, keyinchalik “Nuroniy” jamg‘armasining Samarqand viloyati bo‘limi raisi sifatida mehnat faxriylarini ijtimoiy himoya qilish ishlariga katta hissa qo‘shgan.
Hasan Normurodov Samarqand viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatayotgan edi.
Hasan Normurodov jonkuyar va samimiy inson sifatida viloyat aholisi o‘rtasida katta hurmat qozongan edi. 2019 yilda Prezident farmoniga ko‘ra u “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqandga qilgan safari yakunida 16 aprel kuni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand filialida davolanayotgan fidoyi mehnat faxriysi O‘zbekiston Qahramoni, Oliy Majlis Senati a’zosi Hasan Normurodovning holidan xabar olgan, mustahkam sog‘lik va bardamlik tilagan edi.
LiveBarchasi