O‘zbekistonga “Jack Daniel’s”larni olib kirayotgan shaxs qo‘lga olindi
Jamiyat
−
19 Sentabr 2019
5089O‘zbekiston hududiga 12 ishshi “Jack Daniel’s” brendi yorlig‘i yopishtirilgan sifatsiz viskilarni olib kirayotgan shaxslar qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlat bojxona xizmati xabar bermoqda.
“Daut-ata” chegara bojxona posti orqali mamlakatga kirib kelgan fuqaro A.S.ning qo‘l yuklari bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Natijada ushbu fuqaro bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida ma’lum qilmasdan va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatmasdan umumiy qiymati 12 million so‘mlik 24 shisha “Jack Daniel’s” brendi yorlig‘i tushirilgan viskilarni hech qanday tegishli hujjatlarsiz olib kirishga uringani fosh etildi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi