O‘zbekiston IV yozgi Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qiladi
Jamiyat
−
10 avgust 2020
6137O‘zbekiston 2025 yilda yoshlar o‘rtasidagi IV yozgi Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qiladi. Vazirlar Mahkamasining Osiyo o‘yinlarini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Mazkur qarorga muvofiq, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi huzurida “Toshkent–2025” yozgi Osiyo o‘yinlarini o‘tkazish direksiyasi tashkil etiladi.
Osiyo o‘yinlarini yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha xalqaro va respublika miqyosidagi tadbirlar hamda uning doirasida ko‘rgazmalar, konferensiyalar, ilmiy-amaliy anjumanlar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish Direksiyaning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
Shuningdek, qaror bilan, “Toshkent–2025” yozgi Osiyo o‘yinlarini o‘tkazishni tashkil etish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi hamda chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Ahrorbek Hayrullayev
LiveBarchasi