O‘zbekiston Islom birdamligi o‘yinlarida 2-o‘rinni egalladi
Sport
−
19 avgust 2022 13092 1 daqiqa
O‘zbekiston delegatsiyasi V Islom birdamligi o‘yinlarida mezbon Turkiyadan keyin 2-o‘rinni egalladi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Kecha, 18 avgust kuni Turkiyaning Konya shahri mezbonlik qilgan V Islom birdamligi o‘yinlari o‘z nihoyasiga yetdi. Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasi umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egalladi.
Mazkur musobaqada o‘zbekistonlik sportchilar 51 ta oltin, 42 ta kumush, 65 ta bronza, jami 158 ta medalni qo‘lga kiritgan.
Live
Barchasi