O‘zbekistonda internet tezligi oshdi. Oshadiyam-da

Jamiyat 20519
image

Speedtest.net internet-servisi 2021 yilning iyun oyi yakunlariga ko‘ra, internet tezligi bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qildi. Unda dunyodagi davlatlarning mobil va simli internet tezligi taqqoslab chiqilgan.

O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha 137 davlat ichida 118-o‘rinni egallab turibdi. Bu internet tezligining 2021 yil may oyiga nisbatan 2 pog‘ona yuqorilaganini ko‘rsatadi. Mamlakatda internetdan o‘rtacha yuklab olish tezligi 18.39 Mb/s, yuklash tezligi esa 9.47 Mb/s ni tashkil qilgan. 

Simli internet borasida O‘zbekiston 181 davlat orasida 90-o‘rinda qayd etilgan. Internetdan o‘rtacha yuklab olish tezligi 44.36 Mb/s, yuklash tezligi esa 44.51 Mb/s.ga teng.

Qayd etilishicha, mobil internet tezligi bo‘yicha Birlashgan Arab Amirliklari, Janubiy Koreya, Qatar, simli internet tezligi bo‘yicha Monako, Singapur va Gong Kong yetakchilik qilmoqda.  

MDH davlatlari orasida Qozog‘istonning mobil internet tezligi Rossiya, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Belarus, Tojikistonga nisbatan yuqori bo‘lib, 80-o‘rindan joy oldi.

Yulduz Abdurashidova
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 1062
Reyting: 3
t
×