O‘zbekiston imkoniyati cheklanganlar to‘g‘risidagi xalqaro hujjatga qo‘shiladi
Jamiyat
−
18 may 2021
3464O‘zbekiston “Nogironlar huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiyani ratifikatsiya qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar tegishli qonun loyihasini ko‘rib chiqdi.
Ta’kidlanishicha, Konvensiyaning ratifikatsiya qilinishi nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari bilan bog‘liq muammolarni kompleks va tizimli hal qilish, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy-huquqiy himoya qilishni kuchaytirish, ularni davlat va jamiyat xayotida to‘laqonli ishtirok etishlari uchun imkon yaratib beradi.
Shuningdek, mazkur hujjat O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari hamda ularning imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish maqsadlarida olib borilayotgan ishlar ko‘lamini kengaytirishda xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlarning maqsadli resurslarini jalb qilish imkonini beradi.
Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi va Senatga yuboriladigan bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, “Nogironlar huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiya BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2006 yil 13 dekabrda qabul qilingan. Hujjat 2008 yil 3 maydan kuchga kirgan.
Durdona Pirnazarova
LiveBarchasi