O‘zbekiston ilm-fani og‘ir judolikka uchradi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, folklorshunos olim, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi To‘ra Mirzayev kecha, 29 sentyabr kuni 84 yoshida vafot etdi.

To‘ra Mirzayev 1936 yil 6 mart kuni Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida tug‘ilgan. Xalq og‘zaki ijodiyotini keng ko‘lamda tadqiq etishdan iborat fundamental ilmiy maktabga asos solgan. Eposshunoslikning ko‘plab nazariy masalalarini jahonshumul darajada hal qilgan yirik folklorshunos olim. U 2017 yilda Fanlar akademiyasi akademigi etib saylangan.

To‘ra Mirzayevning 600 dan ortiq ilmiy, uslubiy, ilmiy-ommabop ishlari e’lon qilingan. Ulardan 5 tasi monografiya, 5 tasi darslik va o‘quv qo‘llanmalar, 45 tasi kitob va folklor to‘plamlaridir. Olimning kitob va maqolalari Rossiya, Germaniya, Turkiya, Tojikiston, Qozog‘iston, Turkmaniston kabi mamlakatlarda ham nashr etilgan. 24 fan nomzodi va 7 nafar fan doktori tayyorlagan.

QALAMPIR.UZ tahririyati marhumning yaqinlari va do‘stlariga hamdardlik bildiradi.


Maqola muallifi

Teglar

To'ra Mirzaev

Baholaganlar

130

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar