O‘zbekiston ilm-fani og‘ir judolikka uchradi
Jamiyat
−
13 avgust 2020
18496Materialshunoslik fizikasi, ilmiy asbobsozlik va mikroyelektron texnikasi sohasida tanilgan yirik olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi Telman Dadayevich Rajabov 85 yoshida vafot etdi. Bu haqda Fanlar akademiyasi ma’lum qildi.
Telman Rajabov 1935 yil 15 avgustda Samarqand viloyatida o‘qituvchi va olimlar oilasida tug‘ilgan. E.Bauman nomidagi Moskva oliy texnika bilim yurtini tamomlagan.
Telman Rajabov 1995 yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi bo‘lgan, shu yili Nyu-York Fanlar akademiyasi a’zosi etib saylangan.
Telman Rajabov "Xalqlar do‘stligi" ordeni, “Shuhrat mehnati” ordeni, “Mehnat faxriysi” medali, “SSSR ixtirochisi” ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan.
Akademik Rajabov faoliyati davomida 39 ta fan nomzodi va 5 ta fan doktori tayyorlagan.
QALAMPIR.UZ tahririyati marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiradi.
LiveBarchasi