O‘zbekiston ilm-fani og‘ir judolikka uchradi

Jamiyat

image

Bugun, 21 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Sattor Tursunmuhamedov 91 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zR FA xabar berdi.

Ijtimoiy falsafa va sotsiologiya sohasidagi taniqli olim Sattor Tursunmuhamedov 1929 yilda Turkiston (Qozog‘iston) shahrida tug‘ilgan.

2000 yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi unvonini olgan. Olim 1976-1979 yillarda Oliy o‘quv yurtlari ijtimoiy fanlar o‘qituvchilari malakasini oshirish instituti direktori vazifasini bajargan.

1979-1983 yillarda Toshkent pedagogika instituti rektori, 1983-1985 yillarda Toshkent xalq xo‘jaligi institutida falsafa kafedrasining mudiri bo‘lgan.

Keyingi yillarda O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi Oliy pedagogika instituti, Jaxon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida faoliyat yuritgan.

QALAMPIR.UZ tahririyati marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Sattor Tursunmuhamedov

Baholaganlar

465

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing