O‘zbekiston ilm-fani og‘ir judolikka uchradi
Jamiyat
−
11 dekabr 2020
15107Akademik Ra’no Ubaydullayeva 84 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi xabar berdi.
Ra’no Ubaydullayeva 1936 yil 4 noyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan, iqtisodchi olima, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (2000 yildan), iqtisod fanlari doktori, professor.
U 1958 yilda Toshkent moliya-iqtisod institutini tamomlagan. 1958-1960 yillarda O‘zbekiston FA Iqtisodiyot institutida laborant, 1960-1963 yillarda aspirant, 1963-1964 yillarda kichik ilmiy xodim, 1964-1966 yillarda katta ilmiy xodim, 1967-1978 va 1992-1993 yillarda bo‘lim boshlig‘i, 1978-1990 yillarda direktor o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
Ra’no Ubaydullayeva 1993-1997 yillarda O‘zbekiston mehnat vaziri o‘rinbosari, 1998 yildan “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi direktori sifatida ishlagan.
Ilmiy ishlari O‘zbekistonda mehnat resurslaridan, xususan, ayollar mehnatidan foydalanishning ijtimoiy-iqtisodiy muammolari, oila, aholishunoslik, jamoatchilik fikrini o‘rganish masalalariga bag‘ishlangan.
LiveBarchasi