O‘zbekiston ilm-fani og‘ir judolikka uchradi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Qahramoni, professor G‘ayratdin Xo‘janiyozov 72 yoshida vafot etdi.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Qoraqalpog‘iston filiali Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining arxeologiya bo‘limi rahbari, O‘zbekiston Qahramoni, tarix fanlari nomzodi, professor G‘ayratdin Xo‘janiyozov 72 yoshida vafot etdi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi davlat hukumat portali Matbuot xizmati xabar berdi.

G‘ayratdin Xo‘janiyozov 1948 yilda Qorao‘zak tumanida tug‘ilgan.

2015-2019 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi bo‘lgan. U 2003 yilda “Mehnat shuhrati” ordeni, 2008 yilda “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan.
 


Maqola muallifi

Teglar

G'ayratdin Xo'janiyozov

Baholaganlar

179

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar