O‘zbekiston ilk bor jahon chempionatiga yo‘l oldi
Sport
−
05 iyun 15134 1 daqiqa
Bugun, 5 iyun kuni Jahon chempionati-2026 turniri Osiyo mintaqasi saralash bosqichi doirasida Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasi O‘zbekiston milliy terma jamoasini o‘zining “Al-Nahayyon” stadionida qabul qildi va o‘yin 0:0 hisobida yakunlandi.
Ushbu bellashuvda qayd etilgan durang natijasi bilan Temur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati yo‘llanmasini rasman qo‘lga kiritdi.
Bellashuvni avstraliyalik elit referilar brigadasi boshqardi. FIFA hakami Shon Evans maydondagi asosiy nazoratni olib bordi.
Ushbu g‘alaba 34 yil kutilgan natija deb baholandi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga ham Temur Kapadze murabbiyligida ilk bor ishtirok etgan edi.
Live
Barchasi