O‘zbekiston ikkinchi nazorat bahsida Niderlandiyani mag‘lubiyatga uchratdi
Sport
−
09:43 9437 1 daqiqa
Kecha, 8 iyundan 9 iyunga o‘tar kechasi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Niderlandiyaga qarshi ikkinchi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi 2:1 hisobida Niderlandiyadan ustun keldi.
Ushbu uchrashuv tomonlarning kelishuviga muvofiq asosiy bahsdan so‘ng, yopiq eshiklar ostida o‘tdi hamda har bir bo‘lim 30 daqiqadan davom etdi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasidan gollarga Azizbek Omonov, Avazbek O‘lmasaliyev mualliflik qildi.
Ma’lumot uchun, ushbu terma jamoalar ishtirokidagi asosiy bahsda yevropaliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozongandi. Dastlab niderlandiyaliklar bir qator xavfli hujumlar tashkil qildi, biroq yevropaliklar bu vaziyatlardan foydalana olmadi. Shunga qaramay, 32-daqiqada Jahongir O‘rozovning qo‘polligidan so‘ng, Niderlandiya penalti ishlab oldi va buni Kodi Gakpo golga aylantirdi. Ikkinchi bo‘lim asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan, 90+2-daqiqada Igor Sergeyev gol urib, hisobni tenglashtirdi. O‘yin tugashiga yaqin, 90+8-daqiqada Gakpo dublni rasmiylashtirib, jamoasining g‘alabasini ta’minlagandi.
Live
Barchasi