O‘zbekiston ikkinchi chorakda eng ko‘p oltin sotib olgan davlatlar uchligiga kirdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston joriy yilning ikkinchi choragida eng yirik oltin sotib oluvchilar qatoridan joy oldi va zaxiralarini 26,44 tonnaga ko‘paytirdi. Bu haqda World Gold Council (Jahon oltin kengashi) hisobotida qayd etilgan.

Joriy yilning ikkinchi choragida dunyo Markaziy banklari zaxiralarini 180 tonnaga ko‘paytirgan. Markaziy banklar yil boshiga nisbatan ko‘proq oltin sotib olgan. O‘tgan chorakka nisbatan xaridlar hajmi ikki baravar oshgan.

Aprel-iyun oylarida Iroq Markaziy banki qimmatbaho metalning asosiy xaridoriga aylangan va uning zaxirasini 33,97 tonnaga to‘ldirgan. Ro‘yxatda keyingi o‘rinda 26,60 tonna oltin sotib olgan Turkiya Markaziy banki keladi.

O‘zbekiston regulyatori o‘z zaxiralarini oshirib, uchinchi o‘rinni egalladi. Qayd etilishicha, o‘tgan chorakdagi zaxiradagi pasayish to‘liq qoplangan.

Bundan tashqari, banklarning hech biri qimmatbaho metalni sotmagan. Shuningdek, ikkinchi chorakda Qozog‘iston Milliy banki 15,79 tonna, Hindiston zaxira banki esa 8,39 tonna qimmatbaho metallar sotib oldi.


Maqola muallifi

Teglar

oltin

Baholaganlar

210

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing