O‘zbekiston ichida yangi avia hamda temir yo‘l qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
Jamiyat
−
09 fevral 2021
8196“O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident farmoni imzolandi.
Farmonga binoan, bir oy muddatda ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish doirasida quyidagi aviareyslar yo‘lga qo‘yiladi:
- Farg‘ona–Urganch–Farg‘ona;
- Termiz–Urganch–Termiz;
- Qarshi–Urganch–Qarshi.
Shuningdek, Andijon–Xiva–Andijon temir yo‘l qatnovi soni oshiriladi.
2021 yil 1 aprelga qadar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha doimiy temir yo‘l qatnovi yo‘lga qo‘yiladi:
- Termiz–Qarshi–Xiva;
- Xiva–Urganch–Nukus;
- Termiz–Qarshi–Samarqand.
LiveBarchasi