O‘zbekiston Global Tinchlik indeksidagi o‘rnini saqlab qoldi
Jamiyat
−
17 iyun 2021
3901Global Tinchlik indeksi (“Global Peace Index”) da O‘zbekiston 163 ta mamlakat orasida 90-pog‘onani egalladi. Mamlakat 2020 yilda ham shu o‘rinni band qilgandi. Umumiy reytingda O‘zbekistondan yuqorida Gruziya, quyida esa Bangladesh joy olgan.
Reytingda yuqori o‘rinlarni Islandiya, Yangi Zelandiya, Daniya, Portugaliya va Sloveniya egallagan. Eng quyi o‘rinlar esa Afg‘oniston (163-o‘rin), Yaman (162-o‘rin), Suriya (161-o‘rin), Janubiy Sudan (160-o‘rin) va Iroq (159-o‘rin) nasib qilgan.
Sobiq Ittifoq respublikalari orasida esa O‘zbekiston 5-o‘rindan joy olgan. Yuqori o‘rinlarni Moldova (59-o‘rin), Qozog‘iston (67-o‘rin), Qirg‘iziston (76-o‘rin) va Gruziya (89-o‘rin) egallagan. Markaziy Osiyoning qolgan ikki davlat Tojikiston va Turkmaniston mos ravishda 97 va 109-o‘rinlardan joy olgan.
Qayd etish kerak, ushbu reyting jamiyatning birdamligi, inson huquqlarinining darajasi, siyosiy va iqtisodiy barqarorlik, qamoqxonalardagi mahbuslar soni, mudofaa xarajatlari, terrorizm tahdidi ko‘rsatkichlarining tahlili asosida tuzilgan.
Islomjon Omonjonov
LiveBarchasi