O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyada “propiska”siz qolish muddati uzaytirildi

Olam

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston va Rossiya fuqarolarining ro‘yxatga olinmagan holda ushbu hududlarda qolish muddatini o‘zaro 15 kungacha uzaytirdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Moskvadagi elchixonasi xabar bergan.

“Bir tomonning boshqa davlat hududida vaqtincha yashovchi fuqarolari 15 kun ichida kiruvchi davlatning vakolatli organlarida ro‘yxatdan o‘tish (yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish) majburiyatidan ozod qilinadi. ”, deyiladi xabarda.

Avval Rossiyada o‘zbeklar uchun yetti kun ichida, Rossiya Federatsiyasi fuqarolari uchun esa O‘zbekistonda uch kun ichida ro‘yxatdan o‘tish zarur edi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 10 iyunidan boshlab O‘zbekistonga turizm maqsadida tashrif buyuruvchi kishilar uchun aviaqatnovlar, chegaradosh temir yo‘l stansiyalari va avtomobil o‘tkazish chegara punktlari orqali harakatlanishida koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq o‘rnatilgan vaqtinchalik cheklovlar bekor qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

380

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing