O‘zbekiston fuqarolarining xorijga chiqishi uchun “taqiq” bor-yo‘qligini tekshiradigan bot ishga tushdi

Jamiyat

image
image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi chet elga chiqish niyatida bo‘lgan fuqarolarning xorijga chiqishi uchun “taqiq” o‘rnatilgan yoki o‘rnatilmaganini tekshirishda yordam beradigan botni ishga tushirdi.

Agentlik pandemiya davrida chet elga chiqishda sanitar-gigiyenik talablar bilan birga, hech qanday qarzdorlik majburiyati bo‘lmasligi lozim ekanini ta’kidlagan.

Qarzdorlik o‘z vaqtida bartaraf etilmasligi fuqarolarning chet elga chiqishiga “taqiq” qo‘yilishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, qarzdorlikni yoki taqiqni aniqlash maqsadida ishlab chiqilgan @mibuzbot Telegram-boti orqali “taqiq” bor yoki yo‘qligini bilib olsa bo‘ladi.

“Mazkur Telegram-botda respublika hududidan chetga chiqish huquqi cheklangan yoki cheklanmaganligi haqidagi ma’lumotlar bilan tanishish, qarzdorlik aniqlangan taqdirda, uni shu zahoti ushbu saytda elektron tarzda to‘lash imkoniyati yaratilgan”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

825

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing