O‘zbekistonliklar Qozog‘istonda 30 kun “propiska”siz yurishi mumkin bo‘ladi
Jamiyat
−
29 noyabr 2022
6524O‘zbekiston fuqarolari Qozog‘istonda 30 kungacha ro‘yxatdan o‘tmasdan qolishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqdagi hujjat jamoatchilik muhokamasi uchun Qozog‘iston elektron hukumati saytiga joylashtirildi.
Hujjatga ko‘ra, fuqarolar chegarani kesib o‘tgan paytdan boshlab, 30 kun ichida mamlakat hududida ro‘yxatdan o‘tmasdan harakatlanishi mumkin.
Shuningdek, agar bir davlat fuqarosi boshqa davlatda 30 kalendar kundan ortiq qolsa, u holda tegishli organlardan vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma olishi kerak bo‘ladi.
Bundan tashqari, istalgan transportda chegarani kesib o‘tishda migratsiya kartalarini olish va taqdim etish talabi hujjatdan chiqarib tashlangan. Ikki davlat fuqarolari boshqa davlat hududida bo‘lganida uning milliy qonunchiligiga rioya qilishi shartligi to‘g‘risidagi o‘zgartirish kiritilgan.
Ayni paytda har ikki davlat fuqarolari boshqa davlat hududida faqat besh kun ro‘yxatdan o‘tmasdan qolishi mumkin.
LiveBarchasi