O‘zbekiston - Finlyandiya siyosiy maslahatlashuvlari o‘tkazildi
Jamiyat
−
20 may 2019
2836O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston - Finlyandiya siyosiy maslahatlashuvlarining sakkizinchi raundi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV Matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘zbekiston delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov, Finlyandiya tomoniga TIVning Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha departamenti bosh direktori Maymo Henriksson rahbarlik qildilar.
Muloqot chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlar kun tartibi, shuningdek, «O‘zbekiston - Yevropa ittifoqi» shaklidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, tomonlar o‘zaro manfaatli barcha sohalarda hamkorlikni kengaytirish uchun ulkan salohiyatga ega va ikki tomonlama aloqalarni kengaytirishga tayyor.
Shu nuqtai nazardan, so‘nggi yig‘ilishi 2002 yilda bo‘lib o‘tgan savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyasining faoliyatini qayta tiklash taklifi ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy masalalarning muhim jihatlari yuzasidan fikr almashildi. Muzokaralarda Finlyandiya elchisi Mariya Elina Liivala ishtirok etdi.
LiveBarchasi