O‘zbekiston “Farovonlik indeksi”da besh pog‘ona ko‘tarildi

Jamiyat

image

Buyuk Britaniyaning Legatum Institute tomonidan har yili tayyorlanadigan “Farovonlik indeksi”ning yangi natijalari e’lon qilindi. Unda O‘zbekiston 97-o‘rinni egalladi.

Mamlakat 2019 yildagi natijalarga ko‘ra besh pog‘ona yuqoriladi. O‘tgan yili ushbu indeksda O‘zbekiston 102-o‘rindan joy olgandi. 

O‘zbekiston ushbu indeksda ijtimoiy kapital (20), sog‘liqni saqlash (43) va xavfsizlik (52) mezonlari bo‘yicha yuqori natijalarni qayd etgan.

Ekologik muhit (157), shaxsiy erkinlik (147) va davlat boshqaruvi (136) esa mamlakatning eng eng jihatlari sifatida qayd etilgan. 

O‘zbekiston ilk bor ushbu indeksga 2010 yilda kiritilgan bo‘lsa, o‘tgan 10 yil davomida 10 pog‘onaga ko‘tarilgan. Mamlakat 2016 yilda 106, 2017 yilda 107, 2018 yilda 105-o‘rinni egallagan edi. 

 Ushbu indeksning kuchli beshligidan Daniya, Norvegiya, Shveysariya, Shvetsiya, Finlyandiya o‘rin olgan. 

Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari – Qozog‘iston 62-o‘rinni, Qirg‘iziston 90-o‘rinni, Turkmaniston 109-o‘rinni, Tojikiston 112-o‘rinni band etgan. 

Dunyoning rivojlangan mamlakatlari AQSH 18-o‘rinda, Rossiya 76-o‘rinda, Xitoy 20-o‘rinda, Germaniya 8-o‘rinda, Buyuk Britaniya 13-o‘rinda bormoqda. 
 
Ushbu reytingda mamlakatlar 9 mezon bo‘yicha taqqoslanadi. Bular — iqtisodiy rivojlanish darajasi, biznes muhiti, davlat boshqaruvi samaradorligi, ta’lim, sog‘liqni saqlash, xavfsizlik va shaxsiy erkinlik, ijtimoiy kapital va ekologik muhitni rivojlantirish.


Maqola muallifi

Teglar

Farovonlik indeksi

Baholaganlar

39

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar