O‘zbekiston eng yirik uran ishlab chiqaruvchilar qatoridan joy oldi

Olam

image

O‘zbekiston dunyo bo‘yicha uran ishlab chiqaruvchi mamlakatlar reytingida beshinchi o‘rinni egalladi. 2020 yilda mamlakatda qariyb 3500 tonna uran qazib olingan. Butunjahon yadro assotsiatsiyasi (WNA) 2020 yil O‘zbekistonda qazib olingan uran hajmini, 2019 yilgi ko‘rsatkichdan yuqori emasligini ma’lum qilgan.

Ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilda dunyoda jami 47 731 tonna uran ishlab chiqarilgan. Bu 2019 yilga nisbatan 13 foizga (54 742 tonna) kam. O‘tgan yili qazib olingan uran global talabning atigi 74 foizini qoplagan.

Reytingning dastlabki o‘rinlaridan Qozog‘iston, Kanada, Avstraliya va Namibiya joy olgan. Xususan, Qozog‘istonda 2020 yilda 19 477 tonna uran qazib olingan. U uran ishlab chiqaruvchi eng yirik mamlakatdir.

Avstraliya 2020 yilda 6 203 tonna uran qazib olib, ikkinchi yirik ishlab chiqaruvchiga aylandi.

Namibiya reytingda avvalgiga nisbatan bir pog‘ona yuqorilab, uchinchi o‘rinni egalladi. Mamlakat 2020 yilda 5 413 tonna uran ishlab chiqargan. Xitoy kompaniyalari Namibiyada uran ishlab chiqaruvchi ikkita konni - Husab va Rossing o‘z nazoratiga olgan.

Kanada ko‘p yillar davomida dunyoning eng yirik uran ishlab chiqaruvchisi bo‘lib, jahon ishlab chiqarishining qariyb 22 foizini tashkil qilgan. Lekin 2020 yilga kelib 3 885 tonna uran qazib oldi va reytingda to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

Ma’lumot o‘rnida, dunyo bo‘ylab tabiiy uran zaxiralari 6,14 mln tonnaga teng ekani aytiladi. Shundan 28 foizi Avstraliya, 15 foizi Qozog‘iston va 9 foizi Kanada hissasiga to‘g‘ri keladi. Keyingi o‘rinlarda Rossiya va Namibiya, uran zaxiralarining mos ravishda 8 foiz va 7 foiz qismiga egalik qiladi. O‘zbekiston 132 ming tonnalik (dunyo zaxirasining 2 foiz qismi) uran zaxiralariga ega.

O‘zbekiston uranni mahalliy sharoitda qayta ishlamaydi va butun ishlab chiqarilgan zaxirasini boshqa davlatlarga eksport qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

245

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing