O‘zbekiston energotizimida 750 mVt quvvat yo‘qotildi
Jamiyat
−
20 noyabr 2020
6008Bugun, 20 noyabr kuni Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida joylashgan issiqlik elektr stansiyasida favqulodda o‘chish ro‘y bergan. Natijada O‘zbekiston energotizimida 750 mVt quvvat yo‘qotilgan. Bu haqda "Namangan HETK" AJ operativ dispetcherlik xizmati boshlig‘i Muhammadali Irisqulov xabar bermoqda.
Irisqulovga ko‘ra, soat 15:45 da To‘raqo‘rg‘on IESda ishlab turgan ikkala agregat 750 mVt yo‘qotib avariya holatida to‘xtagan.
Qayd etilishicha, o‘n avtomatiklarining uchinchi darajali ishlashi natijasida Namangan viloyatining 27 ta 110 klovatlik tarmoqlari favqulodda o‘chib qolgan.
Shu voqeadan keyin Rossiya va O‘zbekiston energo tizimini bog‘lovchi 500 klovatlik 530-liniya ham 1500-1700 quvvat bilan ishlab turgan joyida zo‘riqish natijasida energo tizimidan uzilgan.
Hozirda, Namangan viloyatida taxminan 200-250 megavatt atrofidagi quvvat yo‘qotilgan.
Favqulodda o‘chish sabablari mutaxassisilar tomonidan o‘rganilmoqda.
LiveBarchasi