O‘zbekiston energetika tizimidagi 25 xodimning jinoyatlari fosh bo‘ldi
Jamiyat
−
22 avgust 2019
3304O‘zbekiston Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi (O‘zenergoinspeksiya) va Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (O‘zneftgazinspeksiya) tomonidan qonunbuzilishlarni aniqlash yuzasidan o‘rganishlar olib borilyapti,
Xususan, 2019 yil 1 avgust holatiga ko‘ra, dastlabki hisob-kitoblar bo‘yicha 1,9 milliard zarar yetkazilganlik holati bo‘yicha energetika tizimidagi quyi tashkilotlar ishchilariga nisbatan prokuratura tomonidan 25 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishlari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining “talon-taroj qilish”, “firibgarlik”, “elektr, issiqlik energiyasi, gaz va suv tarmoqlaridan foydalanish qoidalarini buzish”, “mansab vakolatini suiiste’mol qilish”, “soxtalashtirish” va boshqa moddalari bo‘yicha qo‘zg‘atilgan.
Energetika tizimidagi quyi tashkilotlarning aybdor shaxslariga nisbatan ozodlikdan mahrum etish (3 kishi), axloq tuzatish ishlari (2 kishi), jarima (1 kishi) va boshqa jazo choralari tayinlandi.
Ayni paytda yetkazilgan zarardan 116,3 million so‘mi energetika tizimidagi quyi tashkilotlarning hisob-raqamlariga qaytarilgan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 21,1 million so‘m miqdorida zarar yetkazganlik holati bo‘yicha Zirabuloq magistral gaz tarmog‘i boshqarmasining 2 nafar xodimiga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi