O‘zbekiston Energetika bozori regulyatori tashkil etiladi
Jamiyat
−
13 fevral 2021
2546O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektr energetikasi sohasini isloh qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.
Loyihada quyidagilar nazarda tutilmoqda:
• Elektr energiyasi va tabiiy gazning raqobatli bozorini tartibga solish, litsenziyalash va nazorat qilish funksiyalarini amalga oshiradigan, hukumat tarkibiga kirmaydigan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Oliy Majlisiga hisobdor organ –O‘zbekiston Respublikasi Energetika bozori regulyatori (keyingi o‘rinlarda – Regulyator)ni tashkil etish;
• xalqaro moliya institutlari ko‘magida xalqaro mutaxassislarni jalb qilgan holda, energetika sohasida raqobatli bozor shakllantirish va barcha bozor ishtirokchilari uchun teng xuquq va shaffoflik ta’minlanash uchun bozor qonun-qoidalarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
• Elektr energiyasining raqobatli bozoriga o‘tishning 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan Konsepsiyasi hamda Elektr energetikasi sohasini yanada isloh qilish va raqobatli bozorga o‘tish “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash;
• “O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining bugungi kundagi “Elektr energiyasining yagona xarid qiluvchisi” funksiyasi magistral elektr tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish funksiyasidan ajratish orqali alohida “Elektr energiyasining markaziy xarid qiluvchisi” “Uzpowertrade” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish;
• “O‘zenergosozlash” mas’uliyati cheklangan jamiyati, “O‘zbekenergota’mir” aksiyadorlik jamiyati va “O‘zenergota’minlash” aksiyadorlik jamiyati korxonalarini birlashtirish orqali “Uzenergoservice” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi yangi servis korxonasini tashkil etish.
Qaror loyihasini qabul qilinishi respublika byudjetidan qo‘shimcha mablag‘larni talab qilmaydi.
LiveBarchasi