O‘zbekiston elektrotexnika mahsulotlarining eksportini 1,3 barobarga oshirmoqchi

Jamiyat

image

O‘zbekistonning chegara hududlarida savdo zonalari tashkil etiladi. Bu esa qo‘shni davlat tadbirkorlari va mahalliy mahsulot ishlab chiqaruvchilarga qulayliklar yaratadi. Bu orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqa davlat tadbirkorlari bilan savdo hamkorligini yo‘lga qo‘yish imkoni paydo bo‘ladi.

Bu haqda Vazirlar Mahkamasining joriy yil 29 avgustda qabul qilingan “2020-2021 yillarda iqtisodiy o‘sishni tiklash va iqtisodiyot tarmoqlari hamda sohalarida tizimli tarkibiy islohotlarni davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida so‘z boradi. 

Qarorga asosan “2020-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy o‘sishni tiklash va tizimli tarkibiy o‘zgarishlarni davom ettirish bo‘yicha amaliy “Harakatlar rejasi” hamda “Iqtisodiyotda tarkibiy islohotlarni tiklash va davom ettirish chora-tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlanadi. 

Unga ko‘ra, 2021 yildan boshlab 5-5,5 foiz barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlaydigan va 2020-2021 yillar davomida koronavirus pandemiyasining oqibatlarini moslashtirish bilan tizimli islohotlarni davom ettirishga qaratilgan choralar belgilanadi.

Xususan, elektrotexnika mahsulotlarining eksport hajmini oshirish maqsadida mamlakatning chegaradosh hududlarida savdo zonalari yaratiladi (Toshkent, Andijon, Farg‘ona, Samarqand, Surxondaryo viloyatlari). 

Qaror muvofiq, mis xom ashyosini qayta ishlash hajmi 49 ming tonnagacha oshiriladi. Elektrotexnika sanoatidagi standartlarni xalqaro standartlar bilan muvofiqlashtiriladi va import qilinayotgan tayyor elektrotexnika va elektromaishiy texnika mahsulotlariga utilizatsiya yig‘imi joriy etiladi.

2021 yil yakunigacha elektrotexnika mahsulotlarining eksporti 1,3 barobarga oshiriladi. Elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi Janubiy Koreya va Yaponiyaning "brend" kompaniyalari jalb qilinadi.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

24

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing