O‘zbekiston elektr tarmog‘ining ishlash tartibi to‘liq tiklandi

Jamiyat

image

Avvalroq O‘zbekiston Energetika vazirligi mintaqaning yagona energiya tizimidagi elektr uzatish liniyalaridagi uzilishlar haqida xabar bergan edi. Vazirlik xabariga ko‘ra, hozirgi vaqtda issiqlik elektr stansiyalarining barqaror ishlash rejimi to‘liq tiklangan.

Qayd etilishicha, joriy yilning 5 yanvar kuni Markaziy Osiyo yagona energiya tizimining elektr uzatish tarmoqlaridagi nosozliklarga sabab bo‘lgan elektr energiyasini ishlab chiqarish jarayonini o‘rganish uchun tuzilgan komissiya hodisa sababini aniqlagan. 

Ma’lum bo‘lishicha, Talimarjon IESdagi bug‘-gaz qurilmalari ortiqcha yuklama bilan ishlashi oqibatida nosozlik yuzaga kelgan va avariyaga qarshi avtomatika ishlab rejadan tashqari o‘chirilgan. Buning oqibatida Markaziy Osiyoning yagona energiya tizimini (YAET) Rossiya va Qozog‘istonning yagona energiya tizimi bilan bog‘laydigan tranzit tarmoqlarida yuklama keskin ko‘tarilgan. Bu esa energiya tizimlarining parallel ishlashi barqarorligining buzilishiga olib kelgan.

Oqibatda Qozog‘iston shimoliy qismining energiya tizimlari Markaziy Osiyoning YAETidan ajralib chiqqan. YAET MO chastotasi 48,15 Gs. gacha kamaygan. Shu bilan birga, bir qator iste’molchilar avtomatik ravishda tarmoqdan uzib qo‘yilgan, issiqlik elektr stansiyalarining (IES) energiya bloklari yuklamalari tushirilgan.

“Ta’kidlash joizki, avariyaga qarshi avtomatik boshqarish tizimi energiya bloklari uchun katta miqdordagi muammolar va zararli oqibatlarning oldini olishga xizmat qiladi”, deyiladi vazirlik xabarida.

Tadbirlar tahlili asosida va shu kabi hodisalarning oldini olish maqsadida rejali choralar ishlab chiqilayotgani ma’lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qoxog‘iston va Qirg‘izistondagi elekrt uzilishlarida ham O‘zbekiston elektr energiyasi tizimidagi muammolar sabab qilib ko‘rsatilgandi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

130

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing