O‘zbekiston elektr energiyasi eng arzon 10 davlat qatoriga kirdi

Olam

image

O‘zbekiston aholiga eng arzon elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha dunyo reytingida 7-o‘rinni egalladi. Tegishli ma’lumotlar Britaniyaning Cable.co.uk portalining ekspertlari tomonidan taqdim etildi.

Reyting tuzishda dunyodagi 230 ta davlatda elektr energiyasi narxlari tahlil qilingan. Ma’lum bo‘lishicha, eng arzon energiya manbalari Shimoliy Afrika, Sahroi Kabirdan janubiy Afrika va sobiq SSSR davlatlarida qayd etilgan.

Markaziy Osiyo mintaqasida Qirg‘iziston yetakchi deb topilgan. U jahon reytingida 4-o‘rinni egalladi, bu yerda fuqarolar bir kilovatt-soat elektr energiyasi uchun 0,017 dollar to‘laydi. Tojikiston bir kilovatt-soat narxi 0,023 dollar bilan 6-o‘rinni egalladi.

Ekspertlarga ko‘ra, O‘zbekistonda aholi uchun elektr energiyasi 0,027 dollarni tashkil qiladi. Bu jahon reytingida 16-o‘rinda bo‘lgan Qozog‘istondan (0,039 dollar) arzonroq.

Dunyoda eng qimmat elektr energiyasi Karib dengizi, Tinch okeanining olis orol davlatlari, shuningdek, Germaniya va Somalida, bu mamlakatlar aholisi bir kilovatt-soat uchun 0,30 dan 0,69 dollargacha to‘lashlari lozim.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

318

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing