O‘zbekiston Elchisi Yaponiya Imperatoriga ishonch yorlig‘ini topshirdi
Jamiyat
−
27 Sentabr 2021
3584Bugun, 27 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov Yaponiya Imperatori Naruxitoga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, suhbat chog‘ida Yaponiya imperatori O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlarga yuksak baho bergan.
Shuningdek, O‘zbekiston-Yaponiya strategik sherikligi ijobiy suratlarda rivojlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etilgan. Rasmiy Tokio O‘zbekistonni Markaziy Osiyoda muhim davlat sifatida hisoblashi hamda respublika bilan ikki tomonlama munosabatlarni yanada kengaytirish va chuqurlashtirishdan manfaatdorligi ta’kidlangan.
LiveBarchasi