Kurs UZS

USD

12 925.20

-11.96

EUR

13 982.48

45.28

RUB

152.58

-1.97

O‘zbekiston elchixonasi AQSH hukumatiga Panamaga deportatsiya qilinganlar bo‘yicha so‘rov kiritdi

Olam

image

Kecha, 14 fevral kuni AQSH o‘zbekistonlik muhojirlarni harbiy samolyotda Panamaga deportatsiya qilgan edi. Mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston elchixonasi AQSH hukumatiga so‘rov kiritgan. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burhonov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
 
Unga ko‘ra, elchixona Panamaga yuborilgan o‘zbekistonliklar soni, ularning ayni paytdagi ahvoli bilan qiziqmoqda.

“Panamaga jo‘natilganligi haqida kecha Amerika tarafi rasmiylari bilan gaplashdik. Panamadan ana shunaqa yangiliklarda chiqdi, bizga xabarlarni tasdiqlab beringlar, dedik. O‘zbekiston fuqarosi borligini hali tasdiqlab bera olmayapti. Amerikaliklar tasdiqlashsa, qo‘shimcha  axborot beriladi”, dedi Axror Burxonov.

Burhonovning qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekistonning AQSH hukumati bilan deportatsiya bo‘yicha kelishuvi bor. Odatda Amerika hududidan deportatsiya qilinayotgan O‘zbekiston fuqarolari Amerika hukumati bilan O‘zbekistonning AQSH elchixonasi va Nyu Yorkdagi Bosh konsulligi hamkorligida Nyu-York shahridan Toshkentga deportatsiya qilinadi. 

“Ya’ni O‘zbekiston elchixonasi va bosh konsulxona Amerikadagi tegishli organlar bilan doimiy ravishda hamkorlik qilib keladi. 
Biz doimiy ravishda O‘zbekiston fuqarolarining deportatsiya jarayonlarida ishtirok etamiz. Ya’ni, bizga oldindan xabar beriladi va fuqarolarimizga aloqaga chiqamiz, hol-ahvolidan xabar olamiz. Keyin O‘zbekistongacha Amerika tomonidan o‘zlarining vakillarini kuzatuvchi qilib yuborishadi. Ular Toshkentgacha kelishadi”, dedi Ahror Burhonov.

Uning tushuntirishicha, kimningdir deportatsiya qilinishi bo‘yicha sud qarori chiqadigan bo‘lsa, Amerika tarafi o‘sha zahoti O‘zbekistonga ma’lumot bergan. O‘zbekiston tomoni aloqaga chiqib, hammasi yaxshiligiga ishonch hosil qilganidan so‘ng o‘sha odamning O‘zbekistonga deportatsiya qilinishiga ko‘maklashgan. Bunda amerikaliklar O‘zbekistonga kelib-ketish uchun viza bilan ham ta’minlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing