O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filiali tashkil etildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Vazirlar mahkamasi qarori bilan O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filiali tashkil etildi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, filial O‘zbekiston davlat konservatoriyasining yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.

Milliy musiqa san’ati sohasida yuqori malakali bakalavr va magistrlarni, shuningdek, ushbu sohada chuqur tadqiqotlar olib borish salohiyatiga ega bo‘lgan ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash Filialning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Filialda o‘quv jarayoni 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanadi.

Filialga talabalarni bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul qilish ko‘rsatkichlari har yili belgilangan tartibda tasdiqlanadigan OTMga o‘qishga qabul qilish parametrlaridan kelib chiqqan holda shakllantiriladi.

Filialning 2021/2022 o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul jarayoni va ijodiy imtihonlari O‘zbekiston davlat konservatoriyasida o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

18

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing