O‘zbekiston chempionatining ramziy jamoasi e’lon qilindi

Sport

image

Yakuniga yetgan futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining ramziy jamoasiga 7 ta klubning futbolchisi kiritildi. Bu haqda “SofaScore” xabar berdi. 

Nashr tomonidan tuzilgan ramziy jamoaga Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubidan 3 nafar, “Andijon”dan 2 nafar, “Nasaf”, “Neftchi”, “Paxtakor”, OKMK va “Bunyodkor”dan 1 nafardan futbolchi kiritildi.

Ramziy jamoada eng yuqori bahoni “So‘g‘diyona” a’zosi Vladimir Yovovich to‘pladi. Uning mavsum davomida ko‘rsatgan o‘yini 7,74 ball to‘pladi.

Ma’lumot uchun, 2024 yilgi Superliga yakunlariga ko‘ra, Qarshining “Nasaf” klubi chempion bo‘ldi. Kuchli uchlikka OKMK va “So‘g‘diyona” jamoalari kirishni uddaladi. Chempionatni Toshkentning “Lokomotiv” klubi tark etadigan bo‘ldi. Bekobodning “Metallurg” jamoasi esa pley-off bosqichida qatnashadigan bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Superliga Nasaf

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing