O‘zbekiston chegara yaqinida flagshtok o‘rnatdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonning Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh Urgut tumanidagi Jartepa chegara posti yaqinida balandligi 62 metr bo‘lgan davlat bayrog‘i qad rostladi. 

Ushbu bayroq qad ko‘tarilishi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Bayram tadbirida tuman hokimligi, nuroniy otaxonu-onaxonlar so‘zga chiqib, tuman ahlini muborakbod etdi.

Hozirda O‘zbekistondagi eng ulkan bayroq Toshkentda bo‘lib, uning balandligi 65 metr, Buxoroda esa 60 metrli o‘rnatilgan. Shuningdek, 35 metrli bayroq Namangan shahri va Qorako‘l tumanlariga ham o‘rnatilgan. Samarqand shahrida o‘rnatilgan bayroq balandligi 30 metrni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

49

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing