O‘zbekiston byudjetni qo‘llab-quvvatlash uchun $600 mln qarz oldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Moliya vazirligi va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasida byudjetni qo‘llab-quvvatlash loyihasi doirasida 500 mln dollar miqdorida qarz bitimi imzolandi. Kelishuv Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan II O‘zbekiston xalqaro iqtisodiy forumi doirasida imzolandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Shuningdek, Moliya vazirligi va OTB Orol dengizi havzasi sektorida iqlimga moslashgan suv resurslarini boshqarish loyihasi yuzasidan 3,3 mln dollar (grant) miqdorida qarz kelishuviga erishdi.

OTB hamda Moliya vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi va Davlat xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi OTB maslahat ko‘magida Buxoro issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish loyihasi doirasida dastlabki qiymati 100 mln dollar miqdoridagi hamkorlik bitimini ham imzoladi.

Bundan tashqari, Moliya vazirligi va Xalqaro Islom savdo-moliya korporatsiyasi (ITFC) byudjetni qo‘llab-quvvatlash loyihasi doirasida 100 mln dollar miqdoridagi qarz kelishuviga erishdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

232

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing