O‘zbekiston bo‘ylab 5G texnologiyasi joriy etiladi
Texnologiya
−
10 mart 2023
8763Joriy yilning mart oyidan boshlab O‘zbekistonda mobil internet tezligi oshiriladi va butun mamlakat bo‘ylab 5G texnologiyasi joriy etiladi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda “O‘zbektelekom” aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati rahbari Temur Mamajonov ma’lum qildi.
“2023 yilning mart oyidan boshlab mobil internet tezligini oshirish va butun mamlakat bo‘ylab 5G texnologiyasini joriy etish loyihasini amalga oshirish ishlari boshlandi. Loyiha doirasida mavjud tayanch stansiyalari modernizatsiya qilinib, yangilari o‘rnatiladi”, deyiladi xabarda.
Jumladan, butun mamlakat bo‘ylab 3000 dan ortiq mavjud tayanch stansiyalarini eng so‘nggi texnologiyalar bo‘yicha yangilash, shuningdek, 2000 dan ortiq yangi tayanch stansiyalarini qurish va ishga tushirish maqsad qilingan.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda birinchi marta flagman smartfonlar, jumladan, iPhonye egalari 5G texnologiyasidagi mobil internetdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Loyihaning birinchi bosqichida 5G tarmog‘i bilan Toshkent shahrini to‘laqonli qamrab olish, shuningdek, respublikamiz viloyat markazlari qisman qamrab olinishi ta’minlanadi. Ishlar yakuniga yetgach, respublika bo‘ylab 5G texnologiyasini joriy etishning keyingi bosqichlari tahlil qilinadi.
LiveBarchasi