O‘zbekiston Butunjahon Universiadasida dastlabki medalni qo‘lga kiritdi
Sport
−
29 iyul 2023
3689Xitoyning Chendu shahri mezbonlik qilayotgan XXXI yozgi Butunjahon Universiada o‘yinlarining dzyudo bellashuvlarida o‘zbekistonlik Kamoliddin Baxtiyorov bronza medalga ega chiqdi.
-60 kg da bahslarga kirishgan Baxtiyorov yarim finalgacha raqiblarini birin-ketin dog‘da qoldirdi. Finaldan oldingi bahsda O‘zbekiston vakili Tokio Olimpiadasining kumush medali sohibi, Xitoy Taypeyi vakili Yang Yung-Veyga qarshi tatamiga chiqib, mag‘lubiyatga uchradi.
3-o‘rin uchun bahsda Baxtiyorov mo‘g‘ulistonlik Sumiyabazar Enxtayvandan ustun kelib, O‘zbekiston jamoasi hisobiga Universiadadagi dastlabki medalni qo‘shib qo‘ydi.
Ma’lumot uchun, Universiada o‘yinlari 8 avgustga qadar bo‘lib o‘tadi. Bu yilgi Universiadada O‘zbekiston delegatsiyasi taekvondo WT, dzyudo, ushu, gimnastika, tennis, qilichbozlik va yengil atletika sport turlarida 77 nafar atlet bilan qatnashadi.
LiveBarchasi