O‘zbekiston bolalarni bog‘chalarga jalb qilish bo‘yicha qaysi o‘rindaligi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga jalb qilish bo‘yicha dunyodagi eng peshqadam 10 ta davlat e’lon qilindi. Unda O‘zbekiston jahon reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Ushbu statistika  “Finance Inquirer” nashri RGCA xalqaro tadqiqoti natijalari hamda UNICEF, Jahon banki va OECD ma’lumotlariga tayanib aniqlangan.

Qayd etilishicha, hisobot 2018 yildan 2020 yilgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan maktabgacha ta’limning uzoq muddatli tendensiyalarining umumiy ko‘rinishini qamrab oladi.

Maqolada keltirilishicha, aksariyat hududlarda maktabgacha ta’lim bilan bog‘liq vaziyat to‘xtab qolgan yoki salbiy o‘sish zonasiga o‘tgan. Bir qator mamlakatlarda esa ta’sirchan o‘sish kuzatilmoqda. Eng yorqin misol O‘zbekiston bo‘lib, u yerda 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olishning o‘sish dinamikasi 59 foizni tashkil qilgan.

“Erta yoshdagi bolalarga g‘amxo‘rlik va ta’lim berish bo‘yicha Butunjahon konferensiyasi arafasida jamoamiz mehnatiga jahon miqyosida berilgan bunday yuksak baho quvonarli hol. UNESCO'ning bu miqyosdagi tadbiri ilk bor Toshkentda o‘tkazilishi ramziy ma’noga ega. Aytishim mumkinki, tadqiqotda keltirilgan raqamlar tasodifiy emas. Mamlakat rahbariyati tomonidan 2017 yildan buyon maktabgacha ta’limni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor, hatto, pandemiya davrining barcha uchun og‘ir bosqichini hisobga olgan holda ham, sezilarli natijalarga olib keldi. Ishonchim komilki, biz yuqori o‘sish sur’atlarini saqlab qolamiz va yaqin kelajakda nafaqat o‘sish dinamikasi, balki mutlaq ko‘rsatkichlar bo‘yicha ham dunyoning yetakchi davlatlari darajasiga chiqamiz”, deydi Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin.

RGCA tadqiqotiga kiritilgan mamlakatlarning aksariyati maktabgacha ta’lim dasturlariga katta mablag‘ sarflaydi. Dastur xarajatlari, ya’ni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga jami xarajatlarining o‘rtacha 69% i davlat tomonidan moliyalashtiriladi.

O‘zbekistondan tashqari, birinchi o‘ntalikka Tojikiston (+33%), Belarus (+7%), Finlyandiya (+7%), Qozog‘iston (+4%), Litva (+4%), Turkiya (+4%), Shveysariya (+2%), Polsha (+2%) va Ozarbayjon (+1%) kiritilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

174

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing