“O‘zbekiston Biznesni rivojlantirish” uyushmasi tashkil etildi.

Jamiyat

image

Uyushma Adliya vazirligi tomonidan №309- reyestr tartib raqami bilan 2020 yil 26 oktyabr kuni davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

“O‘zbekiston Biznesni rivojlantirish” uyushmasi ta’sischilarining umumiy yig‘ilish qaroriga asosan bugungi kunda “O‘zbekiston Eksportchilari” uyushmasi boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlayotgan Malikov Yorqinjon Erkinjonovich yangi uyushmaning boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlandi.

Yorqin Malikov 1987 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati - o‘zbek. Ma’lumoti - oliy.

2010-2018 yillar davomida “Evro Star Trade” oilaviy korxonasi direktori o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. 2018 yildan hozirga qadar - "PRIME HOLDING" MCHJ direktori,  2019 yildan O‘zbekiston eksportchilari uyushmasi boshqaruv raisining birinchi o‘ribosari, shu bilan birga, Xalq deputatlari Olmazor tumani kengashi deputati sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

110

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing