O‘zbekiston bilan Strategik sheriklik Deklaratsiyasini imzolagan amerikalik siyosatchi vafot etdi

Jamiyat

image

Bugun, 18 oktyabr kuni AQSHning sobiq Davlat kotibi Kolin Pauell 84 yoshida koronavirus keltirib chiqargan kasallikdan vafot etdi. Bu haqda uning oila a’zolari xabar berdi

O‘z navbatida, O‘zbekiston tomoni ushbu xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qilganini ma’lum qilgan.

“Amerika Qo‘shma Shtatlarining yirik davlat arboblaridan biri Kolin Lyuter Pauellning 84 yoshida vafot etgani haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qildik”, deyiladi TIV matbuot kotibi tarqatgan xabarda.

Qayd etilishicha, K.Pauell turli yillarda Amerika hukumatida nufuzli lavozimlarda faoliyat yuritgan. Jumladan, Shtablar boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi, AQSH Prezidentining Milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi sifatida ishlagan.

K.Pauell O‘zbekiston-Amerika aloqalarining o‘rnatilishi va taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shgan. 2002 yil 13 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Kolin Pauell Strategik sheriklik va hamkorlik asoslari haqidagi Deklaratsiyani imzolagan. Mazkur hujjat ikki tomonlama munosabatlar tarixida muhim o‘rin tutgan.

“Ushbu judolik munosabati bilan marhumning yaqinlari hamda oila-a’zolariga chuqur hamdarlik va ta’ziya izhor etamiz”, deyiladi xabarda. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

66

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing