O‘zbekiston bank sohasi og‘ir judolikka uchradi

Jamiyat

image

Taniqli olim, ko‘p yillar davomida O‘zbekiston bank sohasi rivojiga katta hissa qo‘shgan yetuk mutaxassis, iqtisodiyot fanlari doktori Ashur Qodirov 67 yoshida vafot etdi. 

Ashur Qodirov 1953 yilning 23 sentyabrida Buxoro viloyatining G‘ijduvon shahrida tug‘ilgan. 1974 yil Toshkent xalq xo‘jaligi instituti (hozirgi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti)ni tamomlagan. 

U Moskva moliya institutida fan nomzodi darajasini qo‘lgan kiritgan bo‘lgan bo‘lsa, doktorlik dissertatsiyasini Sankt-Peterburg moliya-iqtisodiyot universitetida professor V.S.Geraenko rahbarligi ostida himoya qilgan.

Qodirov turli yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Pul muomalasi va kredit” hamda “Xalqaro valyuta va kredit munosabatlari” kafedralarida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, Ashur Qodirov 1996 yildan 2006 yilga qadar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank raisi o‘rinbosari, 2006-2017 yillarda “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki boshqaruv raisi maslahatchisi lavozimlarida ishlagan va O‘zbekiston bank sohasi rivojiga katta hissa qo‘shgan. 

Ashur Qodirov umrining so‘nggi yillarini yoshlarga ta’lim berishga bag‘ishlab, “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining O‘quv markazi direktori sifatida ham faoliyat yuritgan hamda ko‘plab shogirdlarni yetishtirgan. 

Qodirov shuningdek dolzarb iqtisodiy masalalarga bag‘ishlangan qator ilmiy maqolalar muallifi hamdir. Olimning oxirgi ilmiy ishlardan biri 2019 yilning iyulida  akademik Sh.A.Ayupov bilan hammualliflikda chop etilgan “Oila iqtisodini boshqarish orqali raqamli iqtisodiyotga o‘tish” monografiyasi bo‘ldi. 

Professor o‘zi faoliyat yuritgan barcha jamoalarda nafaqat professional jihatlari, balki insoniy fazilatlari bilan ham katta hurmatga sazovor bo‘lgan. 

QALAMPIR.UZ tahririyati marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Ashur Qodirov

Baholaganlar

1513

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar