O‘zbekiston aprelda eng ko‘p oltin sotib olgan davlat bo‘ldi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston aprel oyida eng ko‘p oltin sotib olgan davlat bo‘ldi. Oy dvaomida mamlakat 8,7 tonna oltin xarid qilgan. Bu haqda Jahon oltin kengashi ma’lum qildi.

Oy oxirida Turkiya (5,6 tonna) va Qozog‘iston (5,3 tonna) ham oltinning eng faol xaridorlari uchligiga kirdi. Oltin sotuvida Germaniya eng faol – 0,9 tonna bo‘ldi. Boshqa mamlakatlarda bu ko‘rsatkich 0,1 tonna yoki undan kamroqni tashkil qilgan.

Birinchi chorak yakuniga ko‘ra, Misr oltin zahiralarini eng ko‘p (44 tonna) oshirgan davlatga aylandi. Bu ro‘yxatda Turkiya ham bor edi (36,9 tonna). O‘zbekiston va Qozog‘iston esa birinchi chorakda eng faol oltin sotuvchilarga aylangan.


Maqola muallifi

Teglar

oltin

Baholaganlar

409

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing