O‘zbekiston AQSHga yirik hisobda imkoniyatni boy berdi

Sport

image

Bugun O‘zbekiston va AQSH terma jamoalari o‘rtasida xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ushbu o‘yinda O‘zbekiston milliy jamoasi 3:0 hisobda mag‘lubiyatga uchradi.

Tungi soat 02:30 da boshlangan o‘yinda hisobni AQSH jamoasidan Timoti Vea ochdi. O‘yinning birinchi bo‘limida har ikkala jamoa boshqa gol urolmadi.

Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda esa yana AQSH jamoasidan Rikardo Pepi va Kristian Pulishich darvoza to‘riga gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Shunday qilib, o‘yin 3:0 hisobda AQSH foydasiga hal bo‘ldi.

Qayd etish kerak, ushbu o‘rtoqlik o‘yinida O‘zbekiston jamoasidan Hojiakbar Alijonov jarohat olib maydonni tark etgach, jamoa 10 kishi bo‘lib o‘yinni davom ettirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing