O‘zbekiston afsonalari A Seriya yulduzlarini mag‘lub etdi (fotoreportaj)
Sport
−
18 may 2022
19642Bugun, 18 may kuni Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi afsonalari va Italiya A Seriyasi yulduzlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ muxbiri xabar bermoqda.
Ushbu bahs 3:2 hisobida O‘zbekiston terma jamoasi yulduzlari foydasiga hal bo‘ldi. Dastlab, 7-daqiqada Yakvinta italiyaliklarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 19-daqiqada Sanjar Tursunov hisobni tenglashtirdi. Birinchi taymning so‘nggi daqiqasida yana o‘sha Yakvinta mehmonlarning g‘olib holda, tanaffusga chiqishini ta’minladi.
Biroq ikkinchi bo‘limda O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinning borishini o‘zgartirdi. Qutiboyev va Jeparovning kiritgan gollari evaziga O‘zbekiston terma jamoasi Italiya A Seriyasi yulduzlari ustidan 3:2 hisobida zafar quchdi. Bu o‘yinda aksariyat yoshi katta futbolchilar harakat qilgani uchun bo‘limlar davomiyligi 30 daqiqani tashkil etdi.
O‘zbekiston — Italiya 3:2
Gol: 0:1 – Yakvinta (7-daqiqa), 1:1 – Tursunov (19), 1:2 – Yakvinta (30), 2:2 – Qutiboyev (31), 3:2 – Jeparov (47).
O‘zbekiston afsonalari terma jamoasi: 1. Pavel Bugalo, 4. Islom Inomov, 5. Anzur Ismoilov, 7. Aziz Haydarov, 8. Server Jeparov, 9. Odil Ahmedov, 13. Asror Aliqulov, 18. Timur Kapadze, 20. Anvar Soliyev, 22. Viktor Karpenko, 27. Ilhom Suyunov.
Zaxira: 12. Ignatiy Nesterov, 2. Akmal Shorahmedov, 3. Shavkat Mullajonov, 10. Zayniddin Tojiyev, 11. Anvar G‘ofurov, 14. Ildar Magdeyev, 15. Aleksandr Geynrix, 17. Sanjar Tursunov, 23. Shuhrat Mirxoldirshoyev, 24. Nosir Otaqo‘ziyev, 26. Ne’matulla Qutiboyev, 28. Asqar Jadigerov, 33. Farhod Tojiyev, 44. Kamoliddin Mirzoyev.
Bosh murabbiy: Birodar Abduraimov
Italiya A seriyasi afsonalari terma jamoasi: 1. Kristian Abbyati, 2. Vinsen Kandela, 6. Aldair, 7. Lyudovik Jyuli, 8. Anjelo Karbone, 10. Jiji Di Byadjo, 11. Alberto Jilardino, 14. Dario Shimich, 15. Vinchenso Yakvinta, 27. Serjino, 81. Kristian Zakkardo.
Zaxira: 5. Sezariya Eduardo, 9. Daniele Massaro, 18. Marek Yankulovski, 26. Kristian Zenoni, 33. Robson Toledo Machado, 77. Luka Antonini.
Bosh murabbiy: Mauro Tavola.
Uchrashuv yakuniga yetgach, O‘zbekiston futbolining 110 yilligi munosabati bilan faxriylarga esdalik sovg‘alari va mukofotlar topshirildi.
Ma’ruf Abdumalikov
LiveBarchasi