O‘zbekiston Afg‘onistondagi fuqarolarini qaytardi

Jamiyat

image

O‘zbekiston hukumati o‘zbek-afg‘on chegarasidagi Termiz-Hayraton ko‘prigi orqali fuqarolarini ortga qaytardi. Bu haqda O‘zbekiston TIV xabar berdi.

“14 avgust kun davomida “Termiz-Mozori-Sharif” temir yo‘l uchastkasida xizmat ko‘rsatuvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Vatanga qaytarish tashkil etildi”, deyiladi xabarda.

Vazirlik davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish kuchaytirilgan tartibda olib borilmoqda, barcha zarur xavfsizlik choralari ko‘rilganini ta’kidlagan. Termizda xavfsizlik idoralari rahbarlari va davlat hokimiyati organlari vakillaridan iborat tezkor shtab joylashtirilgan.

Avvalroq, Afg‘onistonlik taniqli general, “Islomiy jamiyat” siyosiy partiyasi rahbari Ato Muhammad Nur “Tolibon” jangarilari O‘zbekiston bilan chegaradosh Balx viloyatida nazorat o‘rnatganini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, jangarilar fitna natijasida viloyatni egallagan.

Ma’lumot uchun, 2017 yil dekabr oyida O‘zbekiston va Afg‘oniston hukumatlari Termiz-Hayraton ko‘prigini birgalikda himoya qilish tartibi to‘g‘risidagi bitimni imzolagandi. Afg‘oniston importining deyarli yarmi, shuningdek, gumanitar yuklarning katta qismi Afg‘onistonning Hayraton porti orqali o‘tadi.

2010 yil noyabr oyida “O‘zbekiston temir yo‘llari” Afg‘onistonda uzunligi 75 kilometr va qiymati 129 million dollar bo‘lgan “Hayraton-Mozori-Sharif” temir yo‘lini qurib bitkazgandi. Yo‘l uchastkasini O‘zbekiston tomoni boshqaradi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

640

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing