O‘zbekiston aeroportlarida yangi ro‘yxatga olish tizimini joriy etiladi

Jamiyat

image

O‘zbekistondagi aeroportlarda yo‘lovchilar va bagajni ro‘yxatga olishning yangi tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi. Birinchi bo‘lib Namangan aeroporti mazkur tizimni joriy etishni boshladi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” kompaniyasi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, “Uzbekistan Airports” kompaniyasi ASTRA DCS yo‘lovchi va bagajni ro‘yxatdan o‘tkazish tizimini bosqichma-bosqich joriy qilishni boshlagan. 

Ushbu tizim yordamida birinchi bo‘lib ro‘yxatdan o‘tgan Namangan aeroporti “Ural Airlines” aviakompaniyasining Moskvaga parvoz qiladigan reysiga xizmat ko‘rsatdi. Yangi ro‘yxatga olish tizimi bo‘yicha ikkinchi reys ham 12 yanvar kuni Namangandan Yekaterinburgga amalga oshirilgan.

“Ilgari barcha aeroportlar milliy aviakompaniyaning bitta ro‘yxatdan o‘tish tizimidan foydalangan. Kelajakda aeroportlarni o‘zining ro‘yxatga olish tizimi bo‘lishiga ehtiyoj tug‘ildi. O‘zbekistonning 11 ta xalqaro aeroportida o‘z ro‘yxatga olish tizimiga ega bo‘lmagan yoki respublika aeroportlarida ularning tizimi o‘rnatilmagan barcha aviakompaniyalari ushbu tizimga bosqichma-bosqich o‘tadi”, deydi aviakompaniya boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Javlon Umarxo‘jayev.

Ma’lum qilinishicha, ASTRA DCS tizimi grafik interfeysga ega bo‘lib, yo‘lovchilar va yuklarni tez va qulay tarzda ro‘yxatdan o‘tkazish imkonini beradi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

230

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing