O‘zbekiston aeroportlarida aviaspottingga ruxsat berildi

Jamiyat

image

Endi O‘zbekistonning barcha xalqaro aeroportlarda samolyotlar harakati va parvozini suratga olish imkoni yaratiladi. Bu Vazirlar Mahkamasi tomonidan "Aviaspottingi rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida" qabul qilingan qarorida belgilangan. 

Hujjatda mamlakatning ijobiy imijini shakllantirish va sayyohlik salohiyatini, investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, mamlakat aeroportlari va aviakompaniyalarni dunyo jamoatchiligiga qaratilgan qator chora tadbirlar nazarda tutilgan.

Qarorga muvofiq joriy yilning 1 mayidan boshlab respublikaning barcha xalqaro aeroportlarida aviaspotting – belgilangan tartibga asosan aeroportlarda havo kemalari harakatini hamda parvozini kuzatish, shuningdek, ularni professional va havaskorlar (aviaspotterlar) tomonidan foto, video tasvirga olishni amalga oshirish yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, barcha xalqaro aeroportlar hududida ularning boshqaruv shaklidan qat’i nazar, shuningdek, ularga tutash hududlarda parvozlar xavfsizligi talablari, Xalqaro aviatsiya tashkiloti (IKAO) tavsiyalari va ilg‘or xorijiy tajriba hisobga olingan holda, aviaspotting mashg‘ulotlari uchun ixtisoslashtirilgan joylar bosqichma - bosqich ajratiladi. 

Belgilanishicha, joriy yil 1 maydan boshlab xorijiy avispotterlar jalb qilingan holda, mahalliy havaskorlar va professional aviaspotterlar uchun har choraklik mavsumiy tanlovlar hamda har yilgi tanlovlar ta’sis etiladi va tashkil etiladi.

Xujjatga asosan aviaspotting bo‘yicha fotosuratlarni mashhur onlayn platformalarda (Flickr, Shutterctock.com, Depositphotos.com va boshqalar) joylashtirilib boriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

192

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing