O‘zbekiston aeroportlari tender asosida xorijiy kompaniyalarga topshiriladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston aeroportlari xorijiy kompaniyalar boshqaruviga tender asosida topshiriladi. Bu haqda bugun, 12 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri Elyor G‘aniyev matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Anjuman davomida OAV vakillari vazirdan respublikaning bir nechta aeroportlarini Rossiyaning "Novaport" kompaniyasi boshqaruviga topshirilishi to‘g‘risida so‘rashdi. G‘aniyevning ta’kidlashicha, hozirda ushbu kompaniya bilan kelishuv mavjud emas.

"Hozircha shuni aytish mumkinki aeroportlarni Yaponiya yoki Rossiya kompaniyalaridan biri boshqaradi. Hammasini tender hal qiladi", deydi G‘aniyev.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yil may oyida "Novaport xolding"  kompaniyasi va O‘zbekiston hukumati uchta aeroportni, jumladan, Samarqand, Namangan va Urganch aeroportlarini rekonstruksiya qilish bo‘yicha investitsiya shartnomasini imzolagan edi.

Nurulloh Sharipov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

55

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing