O‘zbekiston adabiyoti og‘ir judolikka uchradi
Jamiyat
−
25 fevral 2023
18659Taniqli shoir Oshiq Erkin — Erkin Madrahimov 86 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi xabar berdi.
"O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi marhumning oilasi va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
Janoza bugun, 25 fevral kuni 16:00 da Urganch shahri Al Xorazmiy ko‘chasi 251uyda o‘qiladi", deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Oshiq Erkin 1937 yil 7 mayda Xivada tug‘ilgan. Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan.
1956 yildan ommaviy axborot vositalari tizimida ishlab keladi. 1959 yildan "O‘rta Osiyo universiteti" gazetasida mas’ul kotib, 1961 yilda "O‘zbekiston ovozi", 1962 yildan O‘zbekiston teleradiokompaniyasi muxbiri, 1971 yildan Bog‘ot tuman gazetasi muharriri, 1974 yildan "Qishloq haqiqati", "Selskaya pravda" gazetalarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati bo‘yicha muxbiri lavozimlarida ishlagan.
Shuningdek, Oshiq Erkin Qoraqalpog‘iston xalq shoiri unvoniga ega.
1986−2010 yillar davomida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi mas’ul kotibi vazifasida xizmat qilgan.
Shoirning 30 ga yaqin badiiy va publitsistik kitobi nashr etilgan.
LiveBarchasi